Ishtixon tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ishtixon tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda texnikum rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir savol-javob shaklida tashkil etilib, kasbiy ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, dual ta’limni kengaytirish, xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida kelib tushgan murojaat va takliflar ko‘rib chiqilishi hamda amaliy yechimlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.










