insurez
24-06-2025 14:21

Texnikum bitiruvchilariga demonstratsion imtihonlar o‘tkazildi


24 iyun kuni Samarqand viloyatidagi texnikum bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ishtirokida demonstratsion imtihon shaklida Respublika ko‘rgazmali-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminarda Kongratbay Sharipov O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Utkirjon Alijonov Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari hamda kasbiy ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etdi.

Shunigdek, seminarni keng yoritish maqsadida viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar ishtirokida press-tur ham tashkil etildi.

Tadbirlar 5 ta manzilda dastur asosida o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida  “Non, non mahsulotlari, qandolat va makaron ishlab chiqarish”, “Sartaroshlik” kasblari bo‘yicha hamda Daka-intex” MCHJ va “Afrosiyob jeans” MCHJ korxonalarida Samarqand shahar 1-son, Pastdarg‘om tuman 2- va 4-son politexnikumlarining “Tikuvchi” kasbi buyicha Yakuniy davlat attestatsiyasini demonstrasion imtihon (amaliy imtihon) shaklida o‘tkaziladigan jarayonlari katta qiziqish uyg‘otdi.

Demonstratsion imtihonlar tasdiqlangan grafik asosida 2025 yil 16 iyundan boshlanib 31 iyunga qadar davom etadi.

Kasbiy ta’lim muassasalarining 18473 nafar o‘quvchilari viloyatdagi 3139 ta korxona va tashkilotlarga nomma-nom manzilli biriktirilib, ular bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Viloyatdagi 69 ta kasbiy ta’lim muassasalarini 121 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha 18 ming 473 nafar (shundan qizlar 9204 nafar) o‘quvchilar 81 ta hamkor korxona va tashkilotlarida hamda ta’lim muassasalarining ustaxonalarida, simulyatsion markazlarida  tashkil etildi.

Shuningdek, seminarda 13 ta viloyat (shahar) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshliqlari, respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 65 nafar texnikum direktorlari, viloyatdagi 21 nafar boshqarmalar va tashkilot rahbarlari, 50 dan oriq ish beruvchi korxona va tashkilotlar va 57 ta kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ishtirokida demonstratsion imtihon (amaliy imtihon) shaklida o‘tkazish jarayonida 2017 nafar bitiruvchilar kelgusida egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha aniq ish o‘rinlariga ega bo‘ldilar.

Teglar
- -