insurez
09-07-2025 11:20

Oʻzbekiston–Qozog‘iston hamkorligi: yangi imkoniyatlar


2025 yil 3–6 iyul kunlari Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi qator texnikumlar direktorlari va mutasaddi rahbarlardan iborat delegatsiya Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatiga amaliy tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Qozog‘istonning kasbiy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va zamonaviy o‘qitish metodlarini tahlil qilish, ikki tomonlama o‘quv-uslubiy hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tashrif davomida delegatsiya Turkiston viloyatining yetakchi kollejlariga xususan  Turkiston Ahmad Yassaviy kolleji,  Turkiston yuqori ko‘ptarmoqli kolleji, Turkiston ko‘ptarmoqli sanoat kolleji, Turkiston kelajak ko‘ptarmoqli kolleji, hamda Turkiston Ahmad Yassaviy kollejiga tashrif buyurilib, memorandumlar imzolandi. Samarqand viloyatidagi 21 ta texnikumlar hamda Turkiston viloyatidagi 5 ta ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu shartnomalarda qo‘shma o‘quv kurslar, malaka oshirish dasturlari, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish va ta’lim standartlari bo‘yicha hamkorlik qilish nazarda tutilgan. Ushbu ta’lim muassasalarida yaratilgan zamonaviy modulli ta’lim tizimi, amaliyot maydonlari va ustaxonalar faoliyati o‘rganildi. Ularning faoliyati, ta’lim jarayonini tashkil etish usullari, o‘quv-laboratoriya bazasi, pedagog kadrlar faoliyati hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Qozog‘istonda kasbiy ta’lim tizimida xususiy sektor bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani va kollejlarning ishlab chiqarish korxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilingani, mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda ta’lim yo‘nalishlarining shakllantirilayotgani delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Samarqand viloyatidagi 14 ta texnikum direktorlari va 36 nafar xodimlar Turkistonda: Qozog‘iston ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.

Samarqaqnd – Turkiston yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l harajatlari uchun 35 mln so‘m mablag‘ boshqarmaning barkamol avlod jamg‘armasi hisobidan qoplandi, mehmonxona va kunlik harajatlar ishtirokchilar tomonidan qoplandi.

Teglar
- -