insurez
10-09-2025 19:44

Samarqandda WorldSkills-2025 chempionatiga start berildi


Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Worldskills Uzbekistan ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi hamkorligida “Quruq qurilish va suvoq ishlari” bo‘yicha V Milliy chempionatning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i va KNAUF Buxoro Gips Akademiyasi direktori so‘zga chiqib, yosh mutaxassislarga omad va ulkan yutuqlar tiladilar.

 

Ishtirokchilar va ekspertlar chempionatning muhim an’anasi sanalgan Worldskills qasamyodini qabul qilib, halollik va professional mahoratga sodiq qolishga va’da berdilar.

 

Marosim so‘ngida esa qatnashchilar hamda mehmonlar uchun madaniy hordiq sifatida konsert dasturi namoyish etildi.

 

Teglar
- -